Jadidlar izidan

Date:

Jadidchilik harakati haqida eshitganmiz, kitobdan o‘qib-da, jadidchi olimlar, uyg‘oq ko‘ngilli ziyoli bobolarimiz haqida bilib olganmiz. Ularning har birining faoliyati, hayot yo‘llari biz uchun juda katta ibrat maktabidir.
Bizchi, ularga munosib avlod bo‘la olyapmizmi? Ushbu savolni har birimiz o‘zimizga berib, ayni mas’uliyat bilan o‘qib o‘rganishimiz, kelajak taqdirimizni vatanimiz ertasi bilan bog‘lashimiz kerak.
Termiz shahrida joylashgan Prezident maktabi jamoasi zo‘r kayfiyatda “Jadidlar izidan” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirning guvohi bo‘ldilar. Jadid bobolarimizning ibratli hayot yo‘li aks etgan taqdimot va o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan “Jadid bobolarga xiyonat qilma” she’ri tadbir ishtirokchilariga o‘tmishidan faxrlanish ruhini bag‘ishladi.
Ayniqsa, ustozlarning jadid bobolarimiz: Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon bobolarimiz ko‘rinishlarini o‘zlarida aks ettirib, ularning hayot va ijod yo‘lidan o‘qib bergan she’r va monologlari tadbirning eng yuqori cho‘qqisi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun