10 oyda 23 ta huquqbuzarlik

Date:

Xalqimizda molingni mahkam tut, qo‘shingni o‘g‘ri tutma, degan naql bor. Ammo, ba’zi sho‘rchiliklar bu naqlga amal qilishmagan shekilli, joriy yilning dastlabki 10 oyi davomida MJTKning 61-moddasi bo‘yicha 23 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlandi. Bu esa mas’ullarni xushyorlikka tortish bilan birga, tartib-intizom va nazoratni kuchaytirishga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 12-may kuni MJTKning ayrim moddalariga o‘zgartirish kiritilib, xususan Milliy gvardiya xodimlarining vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Bu o‘zgartirishga ko‘ra, MJTKning tegishli qator moddalari asosida soha xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilishi qonun bilan belgilandi.
Vakolatlari kengaygan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi Sho‘rchi tuman Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan 2024-yilning dastlabki kunlaridan boshlab, fuqarolarning mol-mulkining ishonchli qo‘rig‘ini ta’minlash borasida samarali ishlar olib borildi. Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan qo‘riqlanayotgan obyektlar va tuman markazidagi mahallalarda sohaviy xizmat vakillari hamkorligida tumanda kichik tashmachilikdan tortib, har turdagi jinoyatlarning oldini olish uchun (fuqaro xonadonlari, tadbirkorlik subyektlari)ning xavfsizligini ta’minlash maqsadida shartnoma asosida Texnik qo‘riqlash markazi xizmatidan foydalanishlari mavzusida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Fayzullo URALOV,
Sho‘rchi tuman Qo‘riqlash bo‘limi guruh komandiri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun