Eng mazali anorlar saralandi

Date:

Har bir meaning o‘ziga yarasha mazasi bo‘lganidek, foydali xususiyatlari ham bisyor. Shu sababli ratsionimizda doimo mevalarni va kiritishga odatlanishimiz zarur. Ayniqsa, Oltinsoy uzumlari, Sherobod anorlari bilan mashhur bo‘lganidek, bu mevalar nafaqat vohamiz, yurtimizda, balki butun dunyoda xaridorgirligi, talab yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Gap Sherobod anorlari haqida ketar ekan, har yili aynan anor pishar pallada anor saylini o‘tkazish an’ana tusini olgan. Bu yil ham anor sayliga Sherobod tumani mezbonlik qildi. Anorsevar voha ahli borki, sayilga oshiqdi. Bir-biridan mazali anorlarni, ularning sharbatini tatib ko‘rib, munosib bahoni berish bilan birga ma’naviy xordiq ham chiqardilar.
Tumanda joylashgan markaziy o‘yingohda vohamiz bog‘bonlari o‘z ko‘rgazmalarini namoyish etdilar va anorxo‘rlarni o‘z pavilyonlariga chorlab, mehmonnavozlik ko‘rsatdilar. Shuningdek, san’atkor va folklor jamoalarning chiqishlari, ular ijrosidagi Surxoncha kuy-qo‘shiqlar festival ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.
Festival yakunida “Eng mazali anor sharbati – 2024”, “Eng mazali anor navi”, “Eng katta anor – 2024”, “Eng chiroyli anor tozalash” kabi nominatsiyalar g‘oliblari aniqlanib, tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...

Maktabgacha ta’lim sifati kompleks o‘rganiladi

Ta'lim tizimidagi natijadorlikni oshirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va...
KunTun
KunTun