Yangi o‘quv binosi foydalanishga shay

Date:

Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov ishtirokida tumanda davlat dasturlari asosida qurilgan yangi o‘quv binolari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalar doirasida 9-sonli maktabning 120 o‘rinli, 11-sonli maktabning 180 o‘rinli hamda 34-sonli maktabda 320 o‘rinli yangi o‘quv binolari o‘quvchi-yoshlarni o‘z bag‘riga chorlamoqda.
Tadbirlarda tuman hokimi so‘z olib, ushbu loyihalarning muhimligi va ta’lim sohasiga qo‘shadigan hissasi haqida ta’kidladi. Aytish kerakki, ushbu maktablarda yangi binolarning foydalanishga topshirilishi ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarga yanada qulay sharoit yaratish va tumanda ta’lim tizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishi bilan birga hududlarda o‘quv o‘rinlarining oshishi, qamrov koeffitsientlarining me’yor talablarida bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Shuningdek, ushbu yangi binolar zamonaviy o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, zamonaviy texnologiyalar va usullarni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishi rejalashtirilgan. Bu esa o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar va samaradorlikni ta’minlaydi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun