Loyihalar bilan tanishildi

Date:

Viloyatimiz  hokimi eksport hajmlarini koʻpaytirish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshiruvchi investitsiya loyihalari bilan tanishish maqsadida Termiz tumanida boʻldi. Jumladan, tumanning “Qahramon” mahallasida “Gold agro fresh” MChJning 100 gektar maydonda joylashgan issiqxonalar kompleksida eksportbop mahsulotlar yetishtirish faoliyati bilan tanishildi. Qiymati 118,4 milliard so‘mni tashkil etuvchi loyihada 500 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, yiliga 7 ming tonna eksportbop sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Viloyat rahbari nafaqat eksport, balki aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlovchi bu kabi yirik loyihalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash lozimligini ta’kidladi.Shundan soʻng, navbatdagi manzil “Soliobod” mahallasi hududidagi  “SHAXRUZ BUILDINGS” MChJ boʻldi va u yerda amalga oshirilgan parrandachilik kompleksi faoliyati bilan yaqindan  tanishildi. Ushbu parrandachilik komleksda  ayni damda qirq sakkiz ming bosh parranda parvarishlanayotgan loyihaning qiymati 44 milliard so‘mni tashkil etadi.Bundan tashqari, 30 ta xodim ish bilan band qilingan boʻlib, shulardan  14 tasi yoshlardan tashkil topgan.Shuningdek, viloyat rahbari tuman iqtisodiy salohiyatini to‘liq ishga solish, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, ish o‘rinlari sonini oshirish hamda eksport hajmini ko‘paytirish lozimligini ta’kidlab, tanishuvlar davomida mutasaddilarga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda korxonalar faoliyatini rivojlantirish borasida bir qator  vazifalarni belgilab berdi.

D.Mahmudova

Oldingi sahifaKouching o‘tkazildi
Keyingi sahifaIqtidori kashf etildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun