Kouching o‘tkazildi

Date:

Kouching — insonning rivojlanishi, maqsadlarini aniqlashi va ularga erishish jarayonini qoʻllab-quvvatlaydigan murabbiylik shakli hisoblanadi. Bu jarayonda murabbiy mijoz bilan individual ishlaydi, maqsadlarini aniqlash, qarorlar qabul qilish va harakat rejasini ishlab chiqishiga yordam beradi. Vaholanki, psixologik xizmat ko‘rsatish, og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolarga yordam berishda kouching samarali va har jihatdan natijasi yuqori xizmat turi hisoblanadi. Bugungi kunda tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida faoliyat yuritayotgan psixologlar tomonidan kouchingni hayotga tatbiq etish va aholiga qulaylik yaratish, ularing muammo va masalalarini hal etishda kouchingdan ham samarali foydalanishayotir. Yangi O‘zbekistonda odamlar hayotini yaxshilash, fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, vaqtini unumli o‘tkazishi, turmush mazmunining boyishiga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan ko‘plab ishlarni guvohi bo‘lmoqdamiz. Aynan og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan aholi bilan manzilli ishlash va ularga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish, nogironligi bor shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini ta’minlash orqali ularning jamiyatga integratsiyalashuviga yordam berish ham asosiy vazifalardan biriga aylandi.Ushbu markazlar tomonidan fuqarolarimizga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda psixologik xizmat ham. Ushbu xizmatlar yuzasidan fuqarolar tomonidan Inson markazlariga bolayotgan eng koʻp murojaatlar tahlil qilinib, bu borada targʻibot tadbirlarini amalga oshirish belgilab olingan.Tadbir oʻtkazishdan maqsad, ijtimoiy nafaqalar, sanatoriylarga yoʻllanma olish, saxovat va koʻmak jamgʻarmasi mablagʻlaridan yordam koʻrsatish, nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash kabi 10 dan ortiq yoʻnalishlarda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishdir.Jarqoʻrgʻon tumanida ham fuqarolarga kouching xizmatini qoʻllash va ularga amaliy yordam berish maqsadida “Asosiy maqsad xalq faravonligi” shiori ostida tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlangan maxsus roliklar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi va mutaxassislar tomonidan keng tushunchalar berildi.Shuningdek, tadbir davomida interaktiv oʻyinlar oʻtkazilib, fuqarolar orasidan ishtirokchilar saralab olindi va ular ijtimoiy xodim va murojaatchi vazifalarini bajarib, olgan bilimlarini mustahkamladilar. Yakunda faol ishtirok etgan fuqarolar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.Quvonarlisi, kouchingda ishtirokchilar kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash, sanatoriylarga yoʻllanmalar olish, jamgʻarma tomonidan beriladigan yordamlar, shuningdek, reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash borasida oʼzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Har bir mavzu muhokamasi oldidan videolavhalar taqdim etildi. Bu ham ishtirokchilarning yaratilgan imkoniyatlarni keng tushunib olishlariga zamin yaratdi. Tadbir davomida “Inson” markazlari xodimlari va mahalladagi faollar bilan birgalikda Keys menejment nima? mavzusida treninglar ham tashkil etildi.Bu kouching yuqoridagi keltirgan fikrlarimizning davomi sifatida, yurtdoshlarimizning muammolarini eshitish va hal etish yoʻlida tashlangan navbatdagi qadamdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun