“CIT” dasturiga start berildi

Date:

Innovatsion rivojlanish strategiyasida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish maqsadida xorijiy mutaxasislar ishtirokida (trening yoki) davra suhbatlari tashkil etish topshirig‘i tasdiqlangan. “Termiz yoshlar texnoparki”da Janubiy Koreya Respublikasining “KOICA” kompaniyasi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida xorijiy malakali ekspertlar jalb qilingan holda “Startap Instruktorlarni tayyorlash (CIT)” dasturi doirasida 5 kunlik seminar-trening tashkil etildi.
Trening davomida ishtirokchilar startap loyihalarni ishlab chiqish, maqsadli iste’molchilarni aniqlash, qiymat taklifini yaratish, shuningdek, biznes loyihalarini boshqarishda startaplarga amaliy maslahatlar berish uchun Kanvas biznes modeli metodikasidan foydalanish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun