Namunali madaniyat markazi foydalanishga topshirildi

Date:

Har bir hududda bunyod etilgan va faoliyat olib borayotgan madaniyat markazlari aholiga ma’navi-estetik ruh bag‘ishlaydi. San’atga oshno etadi, vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi. Ayni jihatlarni inobatga olgan holda aytishimiz mumkinki, joylarda madaniyat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish ayni zarurat.
Shu jihatdan olib qaraganda, Muzrabot tumanning “Obi-hayot” mahallasida joylashgan 29-sonli Yangiobod madaniyat markazi qayta jihozlanib, Namunali madaniyat markazi sifatida foydalanishga topshirildi.
Madaniyat markazining ochilish marosimi obi hayotliklar uchun quvonchli hodisa aylanib ketdi. Aholi xursandchiligiga tuman hokimi Alisher Qurbanov ham sherik bo‘ldi.
Mehmonlar markazning yangilangan, zamonaviy kutubxona hamda kinoteatr uchun mo‘ljallangan zalida bo‘lishdi hamda bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun