Tashabbusing — kelajaging uchun

Date:

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan. Sana munosabati bilan Termiz davlat universiteti talaba-qizlari ishtirokida “Sening tashabbusing — sening kelajaging uchun” shioiri ostida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Bilim va salohiyatli qizlar o‘yin davomida o‘zlarining bilim va mahoratlarini ishga soldilar. Har bir savol, undan keyin javobni toppish uchun bo‘ladigan munozaralar, ayniqsa, qizg‘in kechdi. Jarayonni kuzatish tomoshabinlarni uchun ham maroqli bo‘ldi. Murosasiz kechgan bahslarlardan so‘ng g‘olib jamoalar nomlari o‘qib eshittirildi.
Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamkorlgida o‘tkazilgan bellashuv yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi. Unga ko‘ra, 1-o‘rin “Optimum” jamoasiga nasib etdi. Tadbir yakunida jamoalar tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun