Marburgga qarshi choralar kuchaytirildi

Date:

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilganligini ma’lum qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28-sentyabr holatiga Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan holat ro‘yxatga olingan va shundan 6 ta holatda o‘lim qayd etilgan.
JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.
Marburg virusi isitmasining oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasida ham davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida faoliyat yuritayotgan Sanitariya nazorat punktlarining (SNP) xushyorligi oshirilgan.
Marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash, ana shunday bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart ehtiyot choralarini ko‘rish, qo‘shimcha ravishda infeksiyani yuqtirishining oldini olishga qaratilgan shaxsiy himoya vositalaridan to‘liq foydalanish ogohlantirilmoqda.
Shuningdek, gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqatda bo‘lmaslik, kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashhisoti va kasallikni oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, kasallikni nazorat qilishda xavfsiz inyeksiya usullarini qo‘llash, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish va chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish, infeksiya bo‘yicha aholini xabardorligini oshirish maqsadida aholi orasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish kabi choralar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda, Sanepidqo‘mita fuqarolarimizga jiddiy xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun