“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Date:

Ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan “Yashil makon” umummilliy harakati yurtimizda keng tus olgan. Bugun yaxshi niyat bilan yoki tabiatga naf keltirish, yashillikni kengaytirish uchun ham yerga nihol qadaydigan bo‘lganmiz. Eng muhimi, bu ishlarimiz faqatgina xo‘jako‘rsinga emas, balki yurakdan chiqmoqda. Yosh-u keksaning belkurak, suv va daraxt ko‘chatlarini olib chiqib, ko‘chasi, mahallasi, o‘zi yashab turgan yurti obodligi uchun ekishga kirishishi ayni yo‘ldagi sa’y-harakatlarning eng go‘zal ko‘rinishidir.

Asosiysi, daraxt ekish uchun vaqt, muddat tanlamaymiz, yil davomida mavsumga mos bo‘lgan ko‘chatlarni ekishga allaqachon odatlanganmiz. shundanki, ushbu ummummilliy harakat boshlanganidan buyon ekilgan ko‘chatlar bo‘y cho‘zib, gurkirab o‘smoqda. Chor atrofimiz yashillikka, go‘zallikka burkangan. Tabiatimiz, ekologiyamiz o‘z musaffoligini saqlab qolayotir.

Bugun yurtimizda keng tus olgan “Yashil makon” umummilliy harakatining ma’no-mazmuni, maqsadi ham yurtimizda yashillikni kengaytirish barobarida tabiatni asrash, ekologiya musaffoligini saqlashga qaratilmoqda.

Shundan so‘ng, M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Termiz va Angor tumanlari tutashgan qismida joylashgan hududi bo‘yida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi. Viloyat rahbari daraxt ko‘chati ekish ishlarini boshlab berdi. Mavsumni sifatli o‘tkazish, hududning tuproq va iqlim sharoitlariga mos daraxt va buta ko‘chatlari ekish, har bir ko‘chatni sug‘orish va parvarishlash masalasini hal qilib keyin ekish lozimligi ta’kidlandi. Viloyat rahbari mazkur hududda ekilayotgan ko‘chatlarni sug‘orish uchun tashkil etilgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari, ishlash jarayoni bilan ham tanishdi.

Aytish kerakki, har bir tuman  iqlim sharoitidan kelib chiqib, ekiladigan daraxt dislokatsiyasi bilan berilgan kompleks chora-tadbirlar belgilangan manzilli dastur yaratilgan. Masalan, Angor, Qiziriq, Muzrabot, Bandixon, Jarqo‘rg‘on tumanlari hamda Sherabod tumanining dasht hududlariga qayrag‘och to‘g‘ri kelsa, viloyatning shimoliy, shimoliy-g‘arbiy hududlaridagi, Boysun, Denov, Uzun va Sariosiyo tumanlariga lola daraxti, eman, kashtan daraxtlari, Qumqo‘rg‘on, Termiz va Termiz tumanlar iqlimiga esa qayrag‘och, zarang kabi daraxtlar tavsiya qilinmoqda. Bundan tashqari, inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan, allergiya qo‘zg‘atmaydigan daraxt turlarini ekishga e’tibor qaratilmoqda.

Albatta, ko‘chat ekkan bilan ish bitmaydi. Uning parvarishi, o‘z vaqtida sug‘orilishi, unib ketishi uchun sharoit yaratish, sug‘orish tizimlari bilan ta’minlanishi kabi masalalar har bir tuman hokimining zimmasiga yuklatildi.

Surxondaryo viloyatida “Yashil makon”  umummilliy harakatining kuzgi ko‘chat ekish mavsumida  6 million 3 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekiladi. Mavsum davomida 47 gektar “Yashil belbog‘”, 16 ta “Hokimlik bog‘lari”, 23 gektar  yer maydonida “Mening bog‘im” barpo etilishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ehson

— Alo, Assalomu alaykum, bu ehsonchi akani telefonlarimi?— Vaaleykum...

Giyohvandlikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

Giyohvandlik, psixotrop moddalarga ruju qo‘yish holatlariga afsuski, duch kelmoqdamiz....

MTTda o‘yin maydonchalari barpo etilmoqda

Bog‘cha bolajonlarning sevimli maskani. Do‘stlari bilan vaqtini mazmunli o‘tkazadigan,...

“Turon yoʻlbarslari” bellashishdi

Surxondaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab...
KunTun
KunTun