“Qo‘qon–Termiz–Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha…

Date:

Qaysidir viloyat yoki davlatga borishimizga to‘g‘ri kelsa, manzilga eng tezkorlik ila yekazuvchi vosita samolyotdir. Ba’zida manzilimizga borishimiz uchun avval Toshkentga yoki Samarqandga borishimiz, undan keyin manzilimizga yo‘nalishimiz kishini biroz ovora qilishi ham bor gap. Endilikda vohadoshlarimiz va xorijiy sayyohlar Termizdan Qo‘qonga shaharlararo ish va dam olish yuzasidan safarlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lishgani esa ana shunday ovoragarchilikning oldini oladi. vodiyga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoni borligi doimiy bordi-keldi qiladiganlarni quvontirishi aniq.
“Silk Avia” aviakompaniyasi 11-oktabrdan boshlab “Qo‘qon – Termiz – Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Ayni paytda chiptalar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan. Aviachiptalarni silk-avia.com saytidan, mobil ilovadan, mamlakatimizning barcha xalqaro aeroportlaridan va Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun