Ilg‘or tajribalar joriy etiladi

Date:

Albatta, ta’lim va tibbiyot sohasida Koreya Respublikasi katta tajribaga ega. Ularning tajribasini o‘rganish, amaliyotda qo‘llash, o‘zimizda ham ushbu sohalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Davlatlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari esa bu borada yaxshi samara bermoqda. Ayni aloqalarning davomi sifatida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumanida Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan “Sinsung” kompaniyasi direktori Jang Indeyok va “Beautiful People” uyushmasi vakili Jeyong Yong Juni qabul qildi.
Koreyaning “Beautiful People” uyushmasi va Sinsung kompaniyasi hamda Toshkent shahrida tashkil etilgan “Koreya markazi” MChJ qo‘shma korxonasi vakillaridan iborat delegatsiya Oltinsoy tumaniga tashrifi davomida sog‘liqni saqlash muassasalari, maktab va bog‘chalar faoliyati bilan tanishishgan.
Uchrashuv davomida tomonlar kelgusida sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari o‘zaro hamkorlini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalarini muhokama qildi hamda kelgusida istiqbolli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi.

Oldingi sahifa“Saylov va yoshlar”
Keyingi sahifaQaytar dunyo…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun