Sarposi ortga qaytdi

Date:

Hech bir ota-ona farzandiga yomonlikni tilamaydi. Ayniqsa, qiz farzand ulg‘ayib, kun kelib o‘zga uyga orzu-havaslar bilan uzatilishini o‘ylagan oilaboshilar qizining borgan joyida toshdek qotishini so‘raydi. Oq yuvib oq taragan, papalab katta qilingan farzand esa o‘zga xonadonda tinib-tinchib ketishi, qo‘shgani bilan qo‘sha qarishi uchun ham qiz bolaga to‘g‘ri tarbiya berish, turmushning achchiq-chuchugini sabr bilan yengib o‘tishni o‘rgatish muhim. Oila mustahkamligida birgina oilaga yangi kelin bo‘lib kelayotgan qiz emas, qaynona-qaynota-yu, bo‘lajak turmush o‘rtoqning ham ahamiyati birdek muhim. Kelinning begona oilani o‘zini qilib, ikkinchi uyiga aylantishida ularning ham o‘rni bor, albatta.
Biroq, bugun aksariyat ajrimlar uchinchi shaxs aralashuvi yoinki turmsuhning mushtiga dosh berolmaslik oqibatida yuzaga kelayotir. Er-xotin yoki qaynona-kelinning o‘zaro kelishmovchiligi tufayli har ikki oiladan halovat arib, quda-andalar o‘rtasidagi qarindoshlik rishtalari darz ketish holatlari ham uchrab turibdi.
Oltinsoy tumani Xalqobod mahallasida ham katta orzu umidlar bilan yosh kelin kuyov hayot ostonasiga qadam qo‘yarkan, 3 oy bo‘lmasidan, ularning ajrashish qarori ko‘pchilikning dilini xira qildi.
Yosh kelin oilaviy kelishmovchilikdan so‘ng ota uyiga chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Biroq, uning to‘y uchun qilingan kelinlik sarpolarini kuyov bola va uning yaqinlari berishni istamagani sababli ish fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudida ko‘rib chiqilib, 10 turdagi jami qiymati 24 million so‘mlik sarpo majburiy tartibda olib berilishi belgilandi.
Byuroning Oltinsoy tuman bo‘limi davlat ijrochisi Alisher Shoyimqulov tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, mahalla faollari, undiruvchi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida 10 turdagi kelinning sarpolari to‘liq olib berildi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Savdo-iqtisodiy aloqalar yanada mustahkamlandi

"Termiz" xalqaro markazi bugun dunyo ishbilarmonlarini bir nuqtada jamlab,...

Toʻyga toʻyona boʻldi

Viloyatimiz boʻylab Navroʻz umumxalq bayrami shukuhi kezib yuribdi. Sariosiyoliklar...

Sariosiyoda Navroʻz shukuhi…

Bugun viloyatimizning Sariosiyo va Qiziriq tumanlari qatorida Qumqo‘rg‘onda ham...

“Behbudiyni yod etib”

O‘zbekiston tarixida g‘oyat murakkab va sinovli bo‘lgan bir davrda...
KunTun
KunTun