Hosildorlikni oshirish – bosh omil

Date:

Ertangi rizq-ro‘zimiz, xalqimizning farovonligi bugun g‘allaning qanday ekilishi bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli har yili oldimizga qo‘yilgan maqsadlardan biri – bu g‘allaning hosildorligini va sifatini oshirish. Shu sababli olimlarimiz tomonidan yangi navlar, duragaylar va seleksiya natijalarini tajribadan o‘tkazish muvaffaqiyatli amalga oshirilyapti.
Sariosiyo tumanidagi “Surxon Golden Treyd” MCHJ dala maydonida 2025-yil hosili uchun ochiq maydonlarda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish bo‘yicha ko’rgazmali  seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda tuman hokimi A.Donayev, viloyat hokimi vakili D.Tangirov, tuman sektor rahbarlari,  Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi hamda tumandagi qishloq xoʻjaligiga aloqador tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari  va klaster rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda tumandagi 2315 gektar maydonga zamonaviy usulda g’alla ekishning afzalliklari, sarf-xarajatning qisqarishi, unumli hosil olish bo’yicha kerakli tavsiyalar berilgan holda soha vakillari o’zaro tajriba almashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun