Xatlon delegatsiyasi Surxondaryoda

Date:

Davlatlararo savdo-iqtisodiy aloqalar tomonlar uchun foydalidir. Texnika, kiyim-kechak, yarim tayyor mahsulotlarni qo‘shni davlatlardan xarid qilsak, ular bizdan don, qurilish materiallari va yana boshqa mahsulotlarni olishlari mumkin. Muhim, yurtimizdagi savdo-iqtisodiy imkoniyatlarimizni biz bilan hamkorlik qiladigan davlatlar bilmog‘i lozim. Ana shundagina aloqalar muhsatkam, hamkorlik esa manfaatli bo‘ladi.
Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati raisi Davlatali Said boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan viloyatimizga keldi. Delegatsiyani O‘zbekiston-Tojikiston davlatlari chegarasida joylashgan “Gulbahor” bojxona chegara postida Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosarlari, Termiz tumani hokimi va boshqa rasmiylar tantanali kutib oldi.
Shundan so‘ng, Xatlon viloyati raisi Davlatali Said viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Markaziy Osiyodagi birinchi erkin savdo zonasi O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida, Termiz tumani hududida joylashgan “Termiz xalqaro savdo markazi” — “Airitom free zone” bilan tanishdi.


Markaz hududida barcha davlat fuqarolarining 15 kun davomida viza rasmiylashtirmasdan kirish va chiqish hamda multivalyuta bilan savdo qilish imkoniyati yaratilganligi, O‘zbekiston va Tojikiston, xususan, Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirishga zamin yaratishi ta’kidlandi. Shuningdek, markazga tojikistonlik tadbirkorlarni ham jalb qilish, bu orqali nafaqat ikki mamlakat o‘rtasida, balki dunyo davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirish masalalari qayd etildi.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Xatlon viloyati delegatsiyasiga Surxondaryo viloyatining foydali qazilmalari, tog‘-kon va geologiya sanoatidagi salohiyati taqdimot qilindi. Unda ikki hudud tadbirkorlari ham ishtirok etdi.
Taqdimotda geologiya sanoatidagi investitsion salohiyati, neft va gaz, toshko‘mir, polimetall, osh tuzi konlari, gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloqlari haqida ma’lumotlar berildi hamda ushbu yo‘nalishlarda ishlab chiqilgan loyiha takliflari bilan ham tanishtirildi.
Ayni vaqtda vohamizga amaliy tashrifini davom ettirayotgan Xatlon viloyati raisi Davlatali Said boshchiligidagi delegatsiya “Surxondaryodonmahsulotlari” AJga tashrif buyurdi. Bu yerda mehmonlar “Asl Don – 2024” MChJning don urug‘chiligi hamda un va non mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.


Mutasaddilar keyingi yillarda don yetishtirish va qayta ishlash sohasida erishilgan natijalar hamda ishlab chiqarish quvvatlari va eksport salohiyati haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng, Xatlon viloyati delegatsiyasi Al Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdi va majmua bilan yaqindan tanishishdi.
Xatlon viloyati raisi Davlatali Said va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kengaytirilgan tarkibda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Xususan, muzokaralar davomida Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki hudud aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Rahbarlar hududlararo har tomonlama va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi.
Hududlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ysh bo‘yicha Kelishuv loyihasini hamda uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqishga kelishildi.
Mehmonlar Termiz tumanida joylashgan “Namuna Elegant Agro” MChJning issiqxona xo‘jaligi faoliyati bilan tanishishdi. Shu yerning o‘zida tumanda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Shuningdek, hududdagi issiqxona xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar gulchilik, ko‘chatchilik hamda sabzavotchilik yo‘nalishlaridagi faoliyatlari bilan ham o‘rtoqlashishdi. Shu joyning o‘zida ikki hudud tadbirkorlarini jalb qilgan holda qishloq xo‘jaligi sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu tashrif ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘ldi, loyihalar taqdimoti, vohaning savdo-iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, foydali kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanparvarlik vujudimizda

Vatanni sevish — inson tug‘ilganidan onasini yaxshi ko‘rish, o‘z...

“QALQON” HARBIY QISMDA

Termiz davlat universiteti volontyor talabalaridan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi...

Talablar o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida Umra tadbirlarini tashkil etish va...

Statistika agentligi ISO 9001 xalqaro sertifikatini oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalardan...
KunTun
KunTun