Bugun aholi bndligi masalasi birinchi galdagi masalaga aylangan. Qanday bo‘lmasin, yoshlar, umuman, ishsizlar bandligini ta’minlash, ular bilan manzilli ishlab bu boradagi muammolarni hal etib, to‘g‘ri yo‘nalish berishdir. Shu sababdan ham Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi doirasida Qiziriq tumanida bo‘lib, tumanning “Qorasuv” mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ajratilgan 10 gektar yer maydonida tashkil etilgan kooperatsiyaga biriktirilgan yoshlar tomonidan urug‘ ekish jarayonlari bilan tanishildi.
Viloyat rahbari yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, berilayotgan imkoniyatdan samarali foydalanish, daromadli hamda eksportbop ekinlar yetishtirib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish borasida tavsiyalarini berdi. Mutasaddilarga kooperatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarga tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish uchun yaqindan ko‘maklashish vazifalari topshirildi.
Shundan so‘ng, 47-sonli maktabning yangidan qurilgan o‘quv binosida yaratilgan sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan autsorsing xizmati tomonidan bemorlar uchun ovqatlar tayyorlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Bemorlarga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan ratsion bo‘yicha yetkazib berishni qat’iy nazorat qilish lozimligi qayd etildi.
Keyingi manzilda, Qiziriq shohbekati faoliyati hamda tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Mutasaddilarga ishlab chiqilgan loyihalarning shaharsozlik normalariga mosligini ta’minlash, har bir loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini puxta tayyorlash bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, hududdagi bo‘sh yer maydonlarida infratuzilmani yaratgan holda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish vazifalari topshirildi.
Loyihalar taqdimoti bilan tanishildi
Date: