Novosibirsk gubernatori Jarqo‘rg‘onda

Date:

Xususan, viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida delegatsiya a’zolari Jarqo‘rg‘on tumanidagi “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJning neft qazib chiqarish, qayta ishlash va neft mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksi faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, MChJ rahbari kompleks faoliyati, mavjud imkoniyatlar va kelgusidagi amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan taqdimot qildi. Shuningdek, Novosibirsk gubernatori o‘rinbosari, sanoat, savdo va tadbirkorlikni rivojlantirish vaziri hamda sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ham taqdimot davomida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari va istiqbollari yuzasidan o‘z fikrlari va mulohazalar bildirishdi.
Shundan so‘ng, ikki hudud rahbarlari kompleks faoliyati bilan tanishib, kelgusida neft va gaz sanoati yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi investitsion loyihalarni ishlab chiqish tashabbusini bildirishdi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun