Ixtirochilar saralandi

Date:

Bugungi yoshlarning IT sohasiga qiziqishi baland. Fan-texnika sirlarini o‘rganish bilan birga yangiliklar qilishga usta. Robotlar, mashinalar ixtiro qilib, qulayliklar yaratish ustida bosh qotirishayotir. Ana shunday yoshlarning ishni munosib baholash maqsadida “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Yosh ixtirochi” koʻrik-tanlovi o‘tkazilishi belgilangan.Termiz shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida ushbu ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda viloyat va hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablarining “Robototexnika” to‘garagi a’zolari ishtirok etdi. Ishtirokchilar 2 yo‘nalishda baholandi.Yakunda g‘oliblar viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Aytish kerakki, g‘oliblar tanlovning Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun