JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN…

Date:

Har qanday mavzu haqida har birimizning o‘z fikrimiz, taassurotlarimiz bor. Qarashlarimiz namoyishi esa turlicha. Nimadandir ta’sirlansak, mulohazalarimiz munozaralarga sabab bo‘lsa, ijod ahli bo‘lmishlar qofiyani kelishtirishi mumkin. Bordi-yu rassom bo‘ladigan bo‘lsa, ko‘ngil kechinmalari oqqa ko‘chishi, ranglar uyg‘unligi ila bir butunlik kasb etishi aniq.

Bu safargi mavzu esa “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida o‘tkazildi. Ijodkor yoshlar esa Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo san’atga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida jam bo‘ldilar. Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘rtasida ekstremizm, terrorizm va missionerlikning asl qiyofasini namoyon etuvchi foto ko‘rgazmalar tanlovida bor mahoratlarini ishga soldilar.

Qiziqarli bellashuv natijalariga ko‘ra, Termiz shahridagi 5-maktab o‘quvchisi 3-, 10-maktab o‘quvchisi 2-, 1-maktab o‘quvchisi esa 1-o‘rinni egalladi. Tanlov yakunida gʻoliblar taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun