“Kinokarvon” loyihasi Sherobodda

Date:

Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan o‘quvchi-yoshlar o‘qib o‘rganishga kirishib ketdilar. Albatta, ta’lim jarayonini yanada qiziqarli bo‘lishi uchun rag‘batni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Sherobod tuman Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi tashabbusi bilan “Kinokarvon” loyihasi doirasida tumandagi “Bahor” mahallasida joylashgan 2-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida 11-sinf oʻquvchilari ishtirokida “Garsiyaga maktub” videoroligi namoyishi eng yaxshi rag‘bat vazifasini o‘tadi.
Muhimi, o‘quvchilar videorolikni miriqib tomosha qildilar, vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga olam-olam taassurotlar oldilar. Tomoshadan so‘ng, o‘quvchilarning fikr-mulohazalariga, taassurotlariga quloq tutildi. Albatta, fikrlar, nuqtai nazarlar yoshlar dunyoqarashida nechog‘lik o‘sish borligini ko‘rsatdi. Demak, mana shunday loyihalarni tez-tez o‘tkazib, yoshlarni munozaralarga chorlab turish foydadan holi bo‘lmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun