Milliylikka qaytib…

Date:

Ko‘cha-ko‘yda milliy libosdagi xotin-qizlarga nigohimiz qadalsa, albatta, ko‘zlarimiz quvnaydi. Albatta, o‘zbek qizlariga, ayollariga milliylik, milliy liboslarimiz yarashadi. Milliyligimizni unutmasligimiz, milliy liboslarimizdan uzoqlashmasligimiz uchun turli tadbirlar, festivallar, haftalik va oyliklar o‘tkazilib kelinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi viloyat, shahar va tuman hokimliklari va harbiy qism qo‘mondonliklari tomonidan milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida milliy liboslarimizning ming yillik o‘tmishi, urf-odat an’analari, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos namoyon etishga qaratilgan hamda an’anaga aylanib ulgurgan “Xon atlas” festivallari bo‘lib o‘tmoqda.Milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashga bag‘ishlangan ana shunday ma’naviy va ma’rifiy tadbir Termiz shahrida ham ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi. Tadbirda buvijonlar, yoshlar, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari atlas va adras liboslarda ishtirok etishdi. Latofatli ayollarimiz hamda Termiz garnizoni harbiy orkestori ishtirokida milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, fleshmob va challenglar hamda milliy liboslar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun