“Fayz” savdo markazi ochildi…

Date:

Bugun Bandixon tumani aholisi uchun unutilmas shodiyona kun bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Jumladan, tuman markazida ulkan ko‘rinishga ega, zamonaviy tarzda qurilgan “Fayz” savdo markazi foydalanishga topshirildi. Ushbu savdo markazi tadbirkor Qo‘shoqov Sherzod tomonidan qariyb 1,6 milliard so‘m evaziga bunyod etilgan bo‘lib, obyektda erkaklar uchun kiyim-kechak va poyabzal do‘koni, tilla-taqinchoq buyumlar do‘koni va mebellar do‘konlari ish faoliyatini boshladi. Mazkur savdo markazining ochilishi aholi uchun qulay shart-sharoyit yaratilganligi hamda uzog‘i yaqin bo‘lganligini ta’kidlab, ko‘ngillari quvonchga to‘ldi.Shu jumladan, savdo markazining ochilish marosimida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, nuroniylar va keng jamoatchilk vakillari ishtirok etishdi. Savdo markazining faoliyati bilan tanishilib, tadbirkorga kelgusida tuman obodligi yo‘lida bor imoniyatini ishga solishi zarurligi ta’kidlandi.

Dinara Kuzimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun