O‘quvchilar uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Date:

Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida turibmiz. O‘quvchi-yoshlarning hayajoni cheksiz. Yana jonajon maktabi bag‘riga qaytib, sinfdoshlari va ustozlari bilan diydorlashadi. Munosib ta’lim-tarbiya olish uchun o‘qib o‘rganadi. Ustoz saboqlarini jon quloqlari bilan tinglaydi.
Maktabga qatnash shaharda yashovchilar uchun muammo emas, ammo chekka hududlarda, maktabda olisda yashovchilar uchun haqiqiy muammo bo‘lishi turgan gap. O‘quvchi yo‘lda asosoiy vaqtini o‘tkazsa, ularni kuzatib kutib oladigan ota-onaning tashvishlanishi esa boshqa bir mavzu. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda o‘quvchi-yoshlar uchun zarur qulayliklar yaratilayotgani quvonarli hol.
Qonunchilikka ko‘ra, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta taʼlim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi o‘quvchilar bilan bir qatorda ota-onalarni ham mamnun etayotir. Ishonamizki, ushbu sinov o‘zini oqlab, o‘g‘il-qizlarimiz yo‘l mashaqqatlaridan xalos bo‘lishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun