“Zukko kitobxon”lar bellashdi

Date:

Zerikkanda kitob o‘qish eng yaxshi tavsiya. Bo‘sh vaqtni mazmunli va foydali o‘tkazishga ko‘maklashuvchi mashg‘ulot. Kitob o‘qib, dunyoqarashini, ma’naviyatini boyitgan insonning tavsiyasi ham aynan mutolaaga oshno etish bo‘ladi. Kitob ila fikrlaringiz tugal, so‘zlaringiz mazmunli, suhbatdoshlaringiz esa ko‘p bo‘ladi. Huda-behuda emas, kerakli so‘zlarni so‘zlashga, kerak o‘rinda sukut saqlashni bilishga o‘rganasiz.
Kitobxon yoshlarning ma’naviy olamiga baho berish uchun esa kitobxonlik tanlovlari, tadbirlari, kechalari o‘tkazib kelinadi. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovi ham ana shunday tadbirlar sirasiga kiradi.
Viloyat Yoshlar markazi binosida joriy yilning dastlabki “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda @kitobxontestbot telegram bot orqali saralash bosqichlarida ishtirok etgan viloyatning 13 tuman (shahar) dan kelgan 78 nafar kitobxon yosh ishtirok etdi.
Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni Termiz shahar jamoasi 3 million 600 ming so‘mlik, 2-o‘rinni Sariosiyo tumani jamoasi 4 million 800 ming so‘mlik, 1-o‘rinni esa Bandixon tumani jamoasi 6 million 600 ming so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun