Aholi salomatligi uchun…

Date:

Aholi salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish maqsadida tez-tez tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, tibbiy-asbob uskunalar, texnika-texnologiyalar orqali tekshiruvlar amalga oshiriladi, malakali mutaxassislar jalb etiladi. O‘z vaqtida o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikning ahamiyati esa insonlarning doimo sog‘ligiga e’tiborli bo‘lishi va sog‘lom bo‘lib yurishi uchun xizmat qiladi.
Sho‘rchi tuman markazidagi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazining tajribali mutaxassislari ishtirokida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Angioxirurg, nevrolog, ultrazvukovist, kardiologlar 50 yoshdan oshgan fuqarolarga amaliy yordam berish maqsadida bosh miya, qon tomirlarida uchraydigan kasalliklarni tekshirib, kerakli tavsiyalarni berdilar. Shuningdek, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha maslahat va davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun