Kasbiy sertifikatlash sinovlari boshlandi

Date:

Pedagoglar uchun kasbiy bilim va malaka muhim. Kelajak avlodning taqdiri o‘qituvchi-pedagoglarning nechog‘lik bilim va ko‘nikma berishi, fanlarni o‘zlashtirishiga bog‘liq. Bu pedagogdan mas’uliyat talab etadi. Holbuki, umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar ham bilimlarini baholash maqsadida navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashishi belgilangan.
Ayni taomilga asosan Termiz shahridagi 26-maktabda pedagogik faoliyatni yangi boshlagan oliy ma’lumotli mutaxassis stajyor o‘qituvchilar uchun kasbiy sertifikatlash nazorat sinov jarayonlari boshlandi. Sinov jarayonlarida o‘qituvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy kompyuterlar va uzluksiz internet tezligi sinov jarayonini muvaffaqiyatli o‘tishini kafolatlayotir. Qolaversa, sinovlarni adolatli va shaffof tarzda o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha harakatlar o‘rnatilgan kameralar nazoratida.
Sinovlarda qatnashish uchun jami 1 ming 394 nafar surxondaryolik yosh pedagog ariza bilan murojaat qilishgan bo‘lib, shulardan 753 nafar pedagogning murojaati Nizom talablari asosida qabul qilingan va test sinovlarida qatnashmoqdalar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun