Bayram shodiyonalari arafasida…

Date:

Tinib tinchimas tadbirkor va ishbilarmonlarimiz o‘z ishlarini kengaytirish bilan birga yangi ish o‘rinlari yaratishmoqda. Qolaversa, ishlab chiqarish va xizmat turlarini taklif etib, xalq joniga ora kirayotgani ham rost. To‘yga to‘yona bilan deganlaridek, Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Sho‘rchi tumanidagi “Hamroh” savdo markazining 21 filiali foydalanishga topshirildi.
7 ming turdagi sifatli buyumlarni hech qanday bosh to‘lovlarsiz, kredit asosida xarid qilish imkoniyati bo‘lgan ushbu savdo markazining yangi filialida 18 nafar ishsizning bandligi ta’minlandi. Savdo markazining ochilish marosimida hokimlik mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, ko‘pning xursandchiligiga sherik bo‘ldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun