Sarf

Date:

Turmushga chiqqanida yigirma bir yoshda edi. Turmush o‘rtog‘i dangasa bo‘lib ko‘rindi ko‘ziga. Ketma-ket tug‘ilgan bolalari endi atak-chechak qilib yurishni boshlashi bilan bog‘chaga berib yubordi. Bir yoshida, bir yoshu ikki oyligida.. Ko‘zini chirt yumdi. Endi ikkitagina tishi chiqqan bolasini chirillatib tarbiyachi opaga tashlarkan o‘zi ham ishga borguncha yig‘lab bordi. Jon-jahdi bilan ishladi.
— Sen zo‘rsan!-dedi eri tayyor mardikor topilganiga xursand bo‘lib.
Ayol yugurdi, yeldi, hamisha ikki smenda ishladi. To‘rtta o‘g‘ilni oyoqqa qo‘ydi. Uyni ham epladi, ko‘chani ham. Hamma ta’tilda tog‘ma tog‘, dachama dacha, sanatoriy, kurort qilib yursa, u bolalarini yoniga olib g‘isht quydi…
Yillar tez o‘tib ketdi. O‘g‘illar yigit bo‘ldi, yoniga kirdi. Hamma orzulariga erishdi.
Atrofdagilar shuncha ishni ayolning yolg‘iz o‘zi bajarganini sezmadi ham. U hammaga turmush o‘rtog‘ini mehnatkash qilib ko‘rsata oldi. Hammmaning unga havasi keldi, , ammo… Ayol dugonalaridan, tengqurlaridan erta qaridi, avvallari ikki odam uchun ishlagan odam endi yarimta odamning ishini bajargani madori qolmadi… Yoshi ulg‘ayganda bildiki, ayol kishi kuchini ham sarflashni bilishi kerak ekan. Yer yuzida hamma narsa yo‘qlik qa’riga cho‘mgani kabi kuch ham tugab qolarkan.
U esa kuch-quvvatini erta tugatib qo‘ygandi…

F.Salxodjayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun