Armrestling musobaqasida

Date:

“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida “Armrestling” sport musobaqalarning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa Termiz shahrida joylashgan “Sulton Saodat” ziyoratgohida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 13 137 nafar yosh ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shahar va tuman bosqichi g‘oliblari bo‘lgan 60 nafar yosh ishtirok etishdi. Bellashuvlarda ishtirokchilar 4 ta vazn toifasida (55 kg, 65 kg, 75 kg hamda 75+ kg vaznlarda) kuch sinashishlariga to‘g‘ri keldi.
Musobaqa qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. Asosiysi, kuchlilar, mahoratlilar ustunlik qilib, muvaffaqiyat qozonishdi. 55 kilogramm vazn toifasida boysunlik Azizbek Amanov, 65 kilogramm toifasida Qumqo‘rg‘on tumanidan Shohjahon Ismoilov, 75 kilogramm vazn toifasida Termiz tumanilik Ibrohim Rasuljonov hamda 75 kilogramm toifasida qumqo‘rg‘onlik Ilhom Ibodullayevlar 1-o‘rinni egallab, medal hamda diplom bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun