Monitoring usullari, baholash vositalari o‘rganildi

Date:

“Yuksalish” harakati tomonidan Surxondaryo viloyati “Qizil yarim oy” jamiyati faollar zalida “Barqaror rivojlanish maqsadlari va ularga erishishda NNTlar roli” mavzusida trening o‘tkazildi. Trening Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.
2023-yilda Koreyaning “Global Civic Sharing” nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda “Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida siyosiy salohiyatni va Markaziy Osiyoda fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini mustahkamlash” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. KOICA tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mazkur uch yillik loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida treninglar tashkil etilgan edi.


Toshkent shahrida NNT vakillari shu qatorda “Taskin” NNT rahbari Gulzoda Avazova, “Ayol va shodlik” NNT rahbari Gulnora Yusupovalar ham “NNTlar maktabi” doirasida bilim va ko‘nikmalarini oshirdi. Olingan bilimlari asosida viloyatdagi 25 nafar nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari Barqaror rivojlanish maqsadlari va unga erishishni monitoring qilish haqida bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.
Trening ishtirokchilari barqaror rivojlanish maqsadlarining ahamiyati va ularga erishish ko‘rsatkichlari, mustaqil milliy sharh va muqobil hisobotni tayyorlash metodlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan monitoring usullari, baholash vositalarini o‘rgandi.

Jamshid Aliyev,
“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati bo`linmasi bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun