6 ta “Damas” tantanali topshirildi

Date:

Surxon vohasida ko‘ngildagidek xordiq chiqarish uchun ham manzarali, so‘lim va go‘zal manzillar, ham ziyoratgohlar juda ko‘p. Shunchaki vaqt topib, Surxon bo‘ylab kezmoq lozim. Turizm sohasiga qaratilayotgan e’tibor, xizmat turlarining tobora yaxshilanib borayotgani esa voha ahliga katta qulaylik yaratadi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida tashkil etilgan tadbirda hududlarda aholining madaniy xordiq olishi uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, madaniyat bo‘limlarining moddiy-texnika bazasi hamda sharoitlarini yaxshilash maqsadida Madaniyat vazirligi tomonidan ajratilgan 6 ta “Damas” avtomashinasi kalitlarini tuman Madaniyat bo‘limlariga tantanali topshirdi. Shuningdek, ushbu madaniyat bo‘limlariga 5 turdagi musiqa asboblari ham berildi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil dekabr oyida Termiz shahri va beshta tuman madaniyat bo‘limlariga xizmat avtomashinalari topshirilgan edi. Shundan so‘ng, viloyat rahbari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi shodiyonalariga tayyorgarlik jarayonlari hamda viloyatning asosiy bayram dasturi taqdimotlari bilan tanishdi. Soha mas’ullari va mutasaddilarga bayram tadbirlariga yuqori saviyada hozirlik ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Tadbir yakunida joriy yil 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatida o‘tkazilgan II xalqaro maqom san’ati anjumanida Surxondaryo viloyatining tashkiliy va ijodiy jamoasining faol ishtiroki uchun sharoitlar yaratib berganligi uchun viloyat hokimiga Madaniyat vazirligining tashakkurnomasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun