Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Date:

Davlatimiz rahbarining tashabbusiga binoan, yurtimizda yosh oilalarning ajrim holatining oldini olish hamda bartaraf etish maqsadida barcha viloyatlarda oila qurish arafasida bo‘lgan yoshlarni nikohdan avval oilaga tayyorlash maqsadida o‘quv maktablari tashkil etilgan. Termiz shahridgi “Yosh kelin-kuyovlar” maktabida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Z.Xidirova hamda sohaga aloqador vakillar hamda yoshlar ishtirok etishdi. Ushbu maktabda katta hayotga qadam qo‘yayotgan bo‘lajak yosh kelin-kuyovlarga uchun tajribali psixolog, huquqshunos hamda viloyat musulmonlari idorasi otinoyisi tomonidan ham dunyoviy, ham diniy tushunchalar berildi.
Shuningdek, bo‘lajak yosh kelin-kuyovlar ushbu maktabda qayinona-kelin, er-xotin munosabatlari hamda yangi oila azolari bilan qanday munosabatda bo‘lishi, o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida so‘z bordi. Maxsus o‘quvlarda ishtirok etgan bo‘lajak kelin-kuyovlarga sertifikatlar topshirilib, ularga kelajakda mustahkam oila qurib baxtli hayot kechirishlariga omad tilandi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun