Onalar uchun huquqiy maslahat

Date:

Xodim bola parvarishi ta’tilida bo‘lgan davrida ikkinchi farzandi uchun homiladorlik va tug‘ruq ta’tili puli to‘lanadimi? Shu bilan bir vaqtda bola puli yoki nafaqasini olishga haqlimi? Ayni savollar ko‘pchilik onalarning bola parvarishi davrida ikkinchi farzandiga homilador ekanini bilganida tug‘ilishi aniq. Unga javoban aytishimiz mumkinki, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 2-ilova tarzda tasdiqlangan “Budjet tashkilotlari hisoblanmaydigan yuridik va jismoniy shaxslarda ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizomning 8-bandiga ko‘ra, agar ona bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi davrida ikkinchi farzandiga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til olish huquqiga ega bo‘lsa, onaning tanlovi asosida nafaqaning faqat bir turi tayinlanib to‘lanishi belgilangan.
Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’i nazar har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 60 foizi miqdorida to‘lanishi belgilangan. Budjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarga va onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga bolalar nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida belgilanadi.

B.Xusanova,
Oltinsoy tumani Adliya bulim FHDYO bo‘limi 1-toifali inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlikni sog‘lomlashtirish zarurat

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida kredit majburiyatlarini bajarishda...

Kambag‘allik 4,5 foizga qisqardi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumanida bo‘lib, “Kambag‘allikdan...

“Muzrabot darvoza”da yangilanish

Mahallalarda amalga oshirilayotgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi hududlarni...

Mehnat bozorida bosim bo‘lmydi

Bugungi kunda ishsizlik muammosi jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi...
KunTun
KunTun