Istiqbolli kelishuvlarga erishildi

Date:

Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi Xebey provinsiyasida davom etdi. Delegatsiyamiz dastlab, Shiszyachjuan shahrida ikki tomon rasmiylari hamda 200 ga yaqin ishbilarmon doira vakillari ishtirokida tashkil etilgan biznes forumda qatnashdi. Forumda ikki tomon rasmiylari, yirik kompaniyalar vakillari so‘zga chiqib, hududlarning savdo-iqtisodiy, ilmiy texnikaviy, ijtimoiy madaniy salohiyati to‘g‘risida taqdimot qildi. Xususan, viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov o‘z so‘zida vohamizning mavjud imkoniyatlari bilan tanishtirib, Xitoy kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, forum doirasida Surxondaryo va Xebey tadbirkorlari, ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida tor doiradagi muzokalar, turli loyihalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Yakunda tomonlar uchun manfaatli va istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun