7 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ldi

Date:

Prezidentimiz tashabbusi bilan ko‘p yillar davomida o‘z fuqaroligiga ega bo‘lmagan aholini qiynab kelayotgan muammoni hal etish maqsadida ushbu toifadagi shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligini berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu toifadagi shaxslar Termiz tumanida ham istiqomat qilib kelayotgan bo‘lib, tuman Adliya bo‘limi tomonidan “yashaganlik faktini” tasdiqlash bo‘yicha sudlarga kiritilgan da’vo arizalariga asosan tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan 7 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning murojaati ijobiy hal etildi.
Ularga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasport (ID karta)lari tantanali topshirildi. Uzoq yillardan buyon fuqaroligi bo‘lmagan, bugungi kunda davlatimiz tomonidan berilgan bunday imkoniyat uchun o‘z minnatdochiliklarini bildirishayotganlarning quvonch-u hayajoni cheksiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun