Kiber jinoyatlar qurboniga aylanmang!

Date:

Kiber jinoyat bugungi kunning millat, davlat, jamiyatga xavf solayotgan dolzarb muammolardan biri ekani hech kimga sir emas. Bu raqamli elektron muhitning rivojlanayotgani sayin ortib bormoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Joriy yilning 1-iyulidan 31-iyuliga qadar mamlakatimizda “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” deb e’lon qilingan.


Mazkur oylikni keng qamrovda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, viloyatimiz bo‘ylab tashkil etilayotgan tadbirlar, uchrashuvlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari, tanlovlar shular jumlasidandir. Surxondaryo viloyati hokimligi hamda viloyat IIB tomonidan viloyat markazidagi muhtasham San’at saroyida gala konsert dasturi namoyish etildi.
Ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tgan bayram dasturida eng avvalo, yoshlarga viloyat IIB xodimlari tomonidan kiber jinoyatlar qurboniga aylanib qolmaslik xususida qimmatli ma’lumotlar berildi. Bir so‘z bilan aytganda, kiber madaniyatini yuksaltirish, har qanday chaqiriq, aldovlarga ishonmaslikka chaqirildi. Keying navbat qiziqarli o‘yinlar, savol-javob shartlariga berildi va faol ishtirok etganlar IIB tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Shundan so‘ng, viloyatimizda faoliyat yuritayotgan elimiz ardog‘idagi san’atkorlar tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat uyg‘otdi. Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi, aholiga madaniy xordiq bag‘ishlash bilan bir qatorda, ularda kiber madaniyatni shakllantirishga ham xizmat qilgan bo‘lsa, ajab emas.

N.Musayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun