Hamkorlik aloqalari kuchaymoqda

Date:

Viloyatimiz delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turganidan xabardor qilgan edik. Delegatsiyamizning Novosibirsk viloyatiga tashrif dasturiga muvofiq “RusAgroMarket” ulgurji tarqatish markazi faoliyati bilan tanishishdi. Markaz faoliyati bilan tanishuvdan so‘ng, ikki hudud tadbirkorlari ishtirokida muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar markazda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar, jumladan, mahsulotlarni saqlash, yetkazib berish, ulgurji sotish uchun yaratilgan sharoitlardan kelgusida hamkorlikda foydalanishga kelishdilar. Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari rahbarlari mahsulotlarni yetkazib berish va o‘zaro tovar almashishda hamkorlik qilishdan mamnunligini bildirishdi.
Novosibirskdagi keyingi manzil “Sibiar” AJ maishiy kimyo ishlab chiqarish zavodi bo‘ldi. 1974-yilda tashkil etilgan mazkur zavodda soch turmagi uchun mahsulotlar, antistatik vositalar, havo spreyi, maishiy laklar va turli sirtlarni tozalash, hasharotlarga qarshi va avtomobillarni parvarish qilish vositalari kabi 400 nomdagi aerozol mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mehmonlar ishlab chiqarish jarayonlaridan tortib, mahsulotlarni qadoqlash, logistika markazlariga yuborish hamda savdoga chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi.
Zavod bilan kelgusida mahsulotlar ishlab chiqarish, yetkazib berish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Surxondaryo delegatsiyasi eng yirik elektr mashinasozlik korxonalaridan bo‘lgan Novosibirskdagi “ELSIB” zavodiga tashrif buyurdi. Zavodda issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektrostansiyalar, atom elektr stansiyalari uchun asbob-uskunalar, jihozlar, generatorlar, elektr motorlar ishlab chiqariladi. Kompaniya, shuningdek, kapital ta’mirlash va sotishdan keyingi xizmatlarni ham ko‘rsatadi.
Delegatsiyamiz a’zolari kompaniyada ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotlar turlari bilan tanishishdi. Shuningdek, yirik sanoat va gidrologiya loyihalari uchun jihozlar yetkazib berish masalasini ham muhokama qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Insonparvarlik yordami koʻrsatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga muvofiq, xalqimizning bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash...

47 ta obyekt foydalanishga topshirildi

Yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Surxondaryo...

Uloq-ko‘pkarida g‘oliblar aniq

"Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tumani "Qo‘shtepa" mahallasi...

15-martdan 15-aprelgacha…

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha...
KunTun
KunTun