Tarix, bugun va kelajak unda mujassam

Date:

Sharqona qarashlar ruhida tarbiya topayotgan farzandlarning odobi, tarbiyasi o‘zgacha. Ko‘chada ketayotgan bolaga yoshi ulug‘ inson yoki opa-akasi tengi nasihat qilsa, dakki bersa, odob saqlaydi, quloq tutadi. “Senga nima?” qabilida ish tutmaydi. Mana shunday paytda qadriyat tusini olgan milliy tarbiya metodimizdan faxrlanib ketadi kishi.
Albatta, yoshlar doimo kattalarning maslahat va tavsiyasi, hayot tajribasini tinglab uyg‘ayar ekan, u boshqalar takrorlagan xatolarga yo‘l qo‘ymaydi, o‘zi uchun saboq, kerakli xulosani chiqaradi. Shunday ekan, yoshi ulug‘lar va yoshlar uchrashuvlarini tashkil etib turish foydadan holi bo‘lmaydi. Ayni maqsadda Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda respublika “Nuroniy” jamg‘armasi raisi S.Turdiyev, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O.Soatov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev, ta’lim-tarbiya tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan nuroniy ustozlar, bugungi kunda minglab shogirdlarga tahsil berib kelayotgan faol o‘qituvchilar hamda barcha sohada katta yutuqlarga erishib kelayotgan o‘quvchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida nuroniy onaxon va otaxonlarimizning pand-nasihatlari yoshlar uchun eng yaxshi ibrat maktabi bo‘ldi.
Viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan namoyish etilgan badiiy qism yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida faol nuroniylar, ustozlar va o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun