Ochiq va shaffof…

Date:

Farzandlarimizning qiziqishlaridan kelib chiqib, yoshligidan orzu qilishga, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, shu yo‘lda odimlashga o‘rgata olsak, ularning kelajagidan qayg‘urmasak ham bo‘ladi. Yoshlar san’atga, sportga, ilm-fanga yoki IT sohasiga qiziqishi mumkin. Ularning qiziqishlari qo‘llab-quvvatlansa, bu borada muvaffaqiyatga erishish oson kechadi. Surxondaryo viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari boshlanganidan xabaringiz bor. Ayni imtihonlarga ham ushbu maktablarga o‘qishga ishtiyoqi baland yoshlar ishtirok etishayotir.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev imtihon bo‘lib o‘tayotgan manzillarda bo‘lib, jarayonlarning ochiq va shaffof holda o‘tayotganligi, tashkiliy ishlar, ota-onalar va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Aytish kerakki, o‘quvchilar bor e’tiborlarni berilgan topshiriqlarni bajarishga qaratishgan. Ularni kutayotgan ota-onalar uchun ham kutish joylari, farzandlarini kuzatishlari uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jarayon shaffof tarzda davom etayotir.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bugunning o‘zida ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinfiga 1 ming 277 nafar, 6-, 8-, 9-, 10-sinflarning bo‘sh o‘rinlariga 2 ming 418 nafar, jami 3 ming 695 nafar o‘quvchi imtihon topshirayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun