Mahallani rivojlantirish yo‘lida…

Date:

Sho‘rchi tumanida “Uychi tajribasi” asosida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni boradagi holat bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurdi. Dastlab, tumanning “Guliston” mahallasida “Uychi tumani tajribasi” asosida ishsizlikdan holi hududga aylantirish, migratsiya va kambag‘allikni keskin qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish hamda tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Mahallaga biriktirilgan mutasaddilar aholi, xususan, yoshlarning bandligini ta’minlash, migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash, tomorqadan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelgusidagi rejalar taqdimot qilindi. Shuningdek, shu yerning o‘zida turizm va yoshlar ko‘chalarini tashkil etish bo‘yicha tayyorlangan taqdimotlar ham ko‘rib chiqildi.


Viloyat rahbari mahallada birinchi navbatda aholi bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagilar va ularning oilalari bilan ishlash, xorijdan qaytganlarni ishga joylashtirish lozimligini ta’kidladi hamda turizm va yoshlar ko‘chalari loyihalari yuzasidan ham tegishli tavsiyalarini berdi. Shuningdek, 14-sonli maktabning yangi o‘quv yili va kuz-qiz mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar axborot berishdi. Viloyat rahbari maktabda xorijiy tillar tanlovining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi. G‘oliblarga pul mukofotlari sertifikatlari, kompyuter jamlanmalari hamda boshqa jihozlar topshirildi.
Shundan so‘ng, viloyat hokimining yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi. “Hokim va yoshlar uchrashuvi”da yoshlar o‘zlarining murojaat va takliflarini bildirishdi. Ochiq va samimiy muloqot davomida bildirilgan takliflar va ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq muddatlar bilan vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj...

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori,...

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...
KunTun
KunTun