Davlat xizmatlarining sifati oshiriladi

Date:

Bugun aholining ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlaridan ko‘ngli to‘q. Vaqti tejalayotgani, ortiqcha sarsongarchiliklarga chek qo‘yilgani ayni haqiqat. Ammo bunday xizmatlar ko‘rsatishning sifati yanada oshirilishining imkoni bor. Ayni maqsadda Adliya vazirligi ishchi guruhi a’zosi U.Sadikov Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati bilan birgalikda Sherobod tumanida Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida, sohada yuzaga kelayotgan muammolar va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazdi.
Seminarda sohada yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilindi. Mutaxassislarning fikrlari, munosabatlari, taklif va tavsiyalariga quloq tutildi. Shundan so‘ng, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun