Eng yosh ma’naviyatchi aniqlandi

Date:

Ma’naviyat har bir ongli mavjudod uchun zarurat, ehtiyojdir. Aks holda ongsizidan farqi yo‘q. Har birimiz shunchaki yashab o‘tmaslik haqida qayg‘urayotgan bir paytda, boqibeg‘amlarning uchrashi esa asl fojiadir. Shu ma’noda, ma’naviyatimizni yuksaltirishga harakat qilishimiz, o‘zimizni biroz qiynashimiz, ong-u shuurimizni rivojlantirishimiz, dunyoqarashimizni kengaytirishimiz lozim. Bunda eng yaxshi yo‘lboshchi ham, yetakchi ham ma’naviyat targ‘ibotchilaridir.
Oramizda, jamiyat hayotimizda ana shunday yo‘l boshchilarning borligi ham yaxshi. Ularni kashf etish maqsadida Angor tumani Ma’naviyat va ma’rifat maskanida «Eng yosh ma’naviyatchi — 2024» ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad shuki, korxona va tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha har tomonlama ko‘maklashish, ularning sohadagi faoliyati samaradorligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritayotgan yoshlarning yetakchilik, tashabbuskorlik, ijodkorlik qobiliyatini ochib berish, salohiyatini yuksaltirish, bilim va ko‘nikmalarini ommalashtirish, liderlik mahoratini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va rag‘batlantirishdan iborat.
Tanlovda ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlardagi ma’naviy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘zaro bellashdilar. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun