Yong‘inga qarshi mashg‘ulot o‘tkazildi

Date:

Turkiya davlatining 3 ta o‘rmonida ketma-ket yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi xabar kishini sergaklantirib qo‘yadi. Ushbu o‘rmonlarda qanchadan-qancha dov-daraxt-u o‘simliklar, tirik jonzotlar bore di. Ularning ayanchli taqdiri haqida o‘ylashning o‘zi dahshatli. Tan olish kerakki, yozgi mavsumda havo haroratining keskin isib ketishi natijasida qo‘riqxonalar va o‘rmon xo‘jaligining qo‘riqlanma zonalarida o‘t, xas-xashaklarda yong‘in chiqishi kuchayadi.
Bordi-yu, qo‘riqxona hududida yong‘in yuzaga kelsa, mavjud flora va fauna olamiga jiddiy zarar yetkaziladi. Ana shunday salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida Ekologiya vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasida yong‘inga qarshi kurashish borasida seminar va taktik o‘quv aamliyoti amalga oshirildi.
Tadbir davomida xodimlarga yong‘in kelib chiqishi mumkin bo‘lgan joylarda nazoratni kuchaytirish hamda yong‘inga qarshi uskunalardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha taktik o‘quv ko‘rsatmalari tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan haqiqiy voqelikka yaqinlashtirilgan xavfli texnogen vaziyatlarda harakat qilish qoidalari amaliy mashg‘ulotlar yordamida ko‘rsatib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun