Taqdimot: “Qo‘shhiloling o‘rtasida xol bo‘layin”

Date:

Uzoq yillik faoliyati bilan voha jurnalistikasiga hissa qo‘shib kelayotgan ustoz Xurram Raimovning “Qo‘shhiloling o‘rtasida xol bo‘layin” nomli kitobining taqdimoti tashkil qilindi. Unda ustoz jurnalistning shogirdlari, hamkasblari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Taqdimot avvalida so’zga chiqqanlar jurnalistning ijodiy faoliyati va yaratgan asarlariga to‘xtalib o‘tib, sohaga kirib kelayotgan yoshlar uchun o‘ziga hos ibrat maktabini o‘tayotganini ta’kidlashdi. Shundan so‘ng shogirdlari Surayyo Normanova, Sarvar To‘raev, xamkasblari To‘ra Rahmonqulov, To‘ra Qobilovlar Xurram Raimov bilan bog‘liq xotiralarini eslashdi.
Tadbir so‘nggida uyushmaning viloyat bo‘limi raisi Muhiddin Abdurahmonov Xurram Raimovni qutlug‘ 75 yillik yubileyi bilan tabriklab, uyushmaning tabriknomasini topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun