… foydalanishga topshirildi

Date:

Tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor negizida xalq salomatlgini asrash yotadi. Har qanday kasallik barvaqt aniqlanib, oldi olingani, vaqt o‘tib, asoratlar bilan kurashishdan, attang deb qolishdan afzalroqdir. Shu maqsadda viloyatimiz markazidan tortib chekka hududlarigacha oilaviy poliklinikalar-u klinikalar qurilib, foydalanishga topshirilib kelinmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qiziriq tumaniga tashrif buyurib, tumanning “Rabotak” mahallasi hududida zamonaviy ko‘rinishda qurib bitkazilgan stomatologiya poliklinikasining foydalanishga topshirilishida ishtirok etdi. Barcha zarur sharoitlar va asbob-uskunalar bilan ta’minlangan poliklinika ochilishida nuroniylar hamda faollar ishtirok etib, aholi salomatligi yo‘lida yaratilgan qulayliklar uchun minnatdorchilik bildirishdi.
Shuningdek, “Zoom” platformasi orqali Bog‘iston mahallasida joylashgan “Bog‘iston” oilaviy poliklinikasining yangilangan binosi ham ochildi. Foydalanishga topshirilgan poliklinikalarga “Elektron poliklinika” tizimini yo‘lga qo‘yish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash uchun kompyuter jamlanmalari hamda jihozlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun