“Qizil”dan “yashil”ga…

Date:

Termiz shahrida zamonaviy, barcha shart-sharoit va qulayliklarga ega muhtasham tibbiyot klasteri barpo etilishidan xabaringiz bor. Belgilangan hududda o‘tgan qisqa davr mobaynida klaster binosi qurildi, atrofi obodonlashtirilib, gul-u bo‘stonga aylantirish ishlari qizg‘in pallada. Qurilish, obodonlashtirish xodimlari javlon urib mehnat qilishayotgani esa e’tirof-u e’tiborga loyiq.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugungi hududlarga tashrifi avvalida Termiz shahrida bunyod etilayotgan ushbu 300 o‘rinli tibbiyot klasteri qurilishi bilan tanishdi. Kompleks atrofini obodonlashtirish, yashil zonalar barpo etish, ichki jihozlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Aytish joizki, kompleksning ishga tushishi, unga tajribali, bilim-salohiyatli kadrlarga, shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj va talab paydo bo‘lishi turgan gap. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda soha mutasaddilari kompleksga eng malakali, sohadagi ilg‘or tajribaga ega shifokorlarni tanlov asosida ishga jalb qilish borasida bosh qotirayotir. Mutasaddilar viloyat rahbariga bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berishdi.
Viloyat rahbari barcha zamonaviy sharoitlarga ega klasterni tashkil etish bilan ish bitmasligini, uning mazmuniga — sifatli va eng so‘nggi zamon talablari darajasida tibbiy xizmat ko‘rsata oladigan kadrlar bilan ta’minlash zarurligini qayd etdi. Shundan so‘ng, viloyat rahbarining hududlarga tashrifi Termiz tumanida davom etdi. Og‘ir hudud sifatida tanlab olingan, “qizil” toifadagi Sharof Rashidov mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Tuman rahbarlari, kommunal sohadagi viloyat boshqarmalari mutasaddilari mahallada amalga oshiriladigan ishlarni taqdimot qilishdi.
Viloyat hokimi mahalla hududini ko‘zdan kechirib, mavjud holatni ko‘zdan kechirdi. Aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tingladi. Mas’ullarga aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Keyingi manzilda Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida turar-joylar, xizmat ko‘rsatish nuqtalari, ijtimoiy soha obyektlari, xususan, mahalla idorasi binosining qurilishi bilan tanishildi.
Bugungi hududlarga tashrifning oxirgi manzili Angor tumanining og‘ir hududi sifatida tanlab olingan “Yuqori Xo‘jaqiya” mahallasi bo‘ldi. Bu yerda ham mas’ullar amalga oshiriladigan ishlar dasturini taqdimot qilishdi. Biriktirilgan mas’ullarga ishlarni jadallashtirish lozimligi ta’kidlanib, bir oy muddatda mahallani “qizil”dan “yashil” toifaga o‘tkazish vazifasi topshirildi.

O‘z muxbirimiz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Cho‘lda ham ichimlik suvi…

Cho‘l hududlarida aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida...

Rasmiy daromadi boʻlmasa ham krеdit beriladi

2025 yil 23 iyundan boshlab Krеdit-axborot tahliliy markazi “Alitеrnativ...

Xitoy bilan ekologik hamkorlik memorandumi imzolandi

“Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida China...

Davlat xizmatchilari uchun mobil ilova yaratiladi

2025-yil 1-sеntyabrdan boshlab Oʻzbеkistonda «Davlat xizmatchisi» mobil ilovasi ishga...
KunTun
KunTun