Mavsum boshlandi…

Date:

Farzandlarimiz uchun yozgi ta’tilda eng yaxshi sovg‘a, ularning oromgohda dam olishlariga yo‘llanma tayyorlash bo‘lsa kerak. Yoz faslining jazirama kunlarida soya-salqin, so‘lim go‘shalarda dam olishga nima yetsin. Qiziqishga javoban esa oromgohlar mas’ullari ta’tilni ko‘ngildagidek, ma’roqli o‘tkazishni maqsad qilgan bolalar uchun barcha sharoitlarni yaratishgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-martdagi 53-sonli bayoni ijrosi hamda viloyat hokimining topshirig‘iga asosan Angor tuman hokimligi tomonidan 7-14 yoshdagi bolalar oromgohlarga yuborildi. Xususan, Sherobod tumanining purviqor tog‘ tizmalari etagida joylashgan “Surxon-Beshbuloq-Sherobod” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 50 nafar farzandi ham munosib xordiq chiqarish uchun yuborilidi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun