Reja bajarildi…

Date:

Yaqindagina pilla mvsumi boshlangan edi, buni qarangki tinib-tinchimas pillakorlar qisqa muddatda o‘zlariga berilgan pilla qurtlarini munosib parvarishlab, mahsuloti tosh bosadigan “kumush tola” yetishtirishga muvaffaq bo‘ldilar. Surxon vohasining mirishkor pillakorlari 35 ming 547 quti ipak qurtidan 2 ming 286 tonnadan ortiq hosil yig‘ib olib, respublikada birinchilar qatorida shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajarishdi.
Pillakorlarning sa’y-harakati va mashaqqatli mehnati natijasida har bir qutidan o‘rtacha 60 kilogramm hosil olinishiga erishildi. Bunda yangi, serhosil, voha iqlim sharoitiga mos bo‘lgan mahalliy navlarning parvarishlangani, shuningdek, pilla qurti boqishda yangi texnologiyalar ham o‘z samarasini berdi.
Hozirda viloyatdagi qabul punktlariga pilla hosilini topshirish jarayonlari davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun