O‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otib…

Date:

Sport musobaqalarida ishtirok etishning ham o‘z gashti, mas’uliyati bo‘ladi. Sportchi mahorati sinashta bo‘lar ekan, o‘ziga bo‘lgan ishonchi baland bo‘lishi kerak. Aks holda birinchi mag‘lubiyat zarbasini o‘ziga o‘zi beradi. Demak, yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otish, nufuzli musobaqa va chempionatlarga tayyorlab borish lozim. Ayni maqsadda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarning salomatligini mustahkamlash, iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida ko‘plab musobaqa va turnirlar uyushtirib kelinmoqda.
Muzrabot tumanidagi 14-umumta’lim maktabida sportning taekvondo turi bo‘yicha viloyat hokimi kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab sportchi yoshlar ishtirok etib, o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun jang olib bordilar. G‘oliblar Diplom, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Oldingi sahifaOromgohlar xizmatga shay
Keyingi sahifaReja bajarildi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun